
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
margilon_akm@natlib.uz
+998975029925

Asosiy
Kutubxona nizomi
1. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markaz hududida milliy va jahon madaniyatini, fan,
ta’limni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida aholiga axborot-kutubxona faoliyati
bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi universal axborot-kutubxona muassasasi
hisoblanadi.
2. Bag’dod tuman axborot-kutubxona
markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda - Agentlik)
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi
o‘rinlarda-Milliy kutubxona) tizimidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
(keyingi o‘rinlarda - Hududiy axborot-kutubxona markazi) tasarrufidadir.
3. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi o‘z faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun
hujjatlariga, Agentlikning qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va
ko‘rsatmalariga, Milliy kutubxonaning buyruqlari, ko‘rsatmalariga, viloyat
axborot-kutubxona markazining buyruqlari, ko‘rsatmalariga hamda ushbu Nizomga
amal qiladi.
4. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi barcha
tashkilot va idoralarning axborot-kutubxona muassasalari uchun metodik markaz
hisoblanadi.
5. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi
hududdagi axborot-kutubxona muassasalari, O‘zbekiston Respublikasining
ilmiy-ta’limiy muassasalari bilan axborot-kutubxona aloqalarini rivojlantiradi
va ularning faoliyatiga oid hisobotlar, statistik va boshqa sohaga oid
ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda Hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim
etadi.
6. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazining
axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.
7. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi
axborot-kutubxona fondini to‘ldirish axborot-kutubxona resurslarini sotib olish
va davriy nashrlarga obuna bo‘lish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
begaraz (sovg‘a) beriladigan axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish hamda
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan axborot-kutubxona resurslarini
ayirboshlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi fondida saqlanib
kelinayotgan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar milliy madaniy qadriyatlar
hisoblanib, moddiy madaniy meros ob’yekti sifatida saqlanishi zarur.
9. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi yuridik shaxs
hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi
yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga va g‘aznachilik
bo‘limlarida shaxsiy hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
10. Axborot-kutubxona
markazining to‘liq nomi: Bag’dod tumani axborot-kutubxona markazi
11 Bag’dod tuman axborot-kutubxona
markazining yuridik manzili: Bag’dod tumani, Olmazor ko‘chasi
41-uy.
II. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazinnng asosiy
vazifalari
12. Quyidagilar Bag’dod,
tuman axborot-kutubxona markazining
asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan
holda axborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini
ta’minlash tamoyili asosida aholini, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim,
ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay
shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish;
milliy madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda
O‘zbekiston xalqlarining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosi saqlanishiga
ko‘maklashish;
hududdagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini
muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
hududda faoliyat yuritayotgan axborot-kutubxona muassasalari va kutubxonalarga
metodik yordam ko‘rsatish, ular ishini muvofiqlashtirish, axborot-resurslari
bilan o‘zaro almashish, foydalanish borasida hamkorlik qilish;
elektron axborot-ma’lumot xizmatlari tashkil etish, zamonaviy
kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalangan
holda axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha
ishlarni tashkil qilish;
axborot-kutubxona resurslaridan masofadan foydalanishni tashkil
etish, Milliy kutubxona va hududiy axborot-kutubxona markazi
axborot-resurslarining ma’lumotlar bazasiga ulangan holda tuman (shahar) yig‘ma
elektron katalogini hamda elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish va
yuritish;
axborot-kutubxona fondini tizimli to‘ldirib borish, nashrlarning bibliografik
yozuvini yuritish;
O‘zbekiston matbuot solnomasini tuzish uchun hududdagi nashrlar
hisobini
olib
borish va hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etish;
Agentlikning Hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob
savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini
nashr etish hamda tarqatish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirishga doir targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazining moddiy-texnik
bazasini rivojlantirish, axborot-kutubxona sohasida zamonaviy xizmat ko‘rsatish
tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi kitobxonlarga
haftaning dushanba, seshanba,
chorshanba, payshanba va juma kunlari , soat
8-00 dan 17-00 gacha va shanba kunlari
8-00 dan 14-00 gacha xizmat
ko‘rsatadi.
III. Bag’dod tuman
axborot-kutubxona markaznnnng asosiy funksiyalari
13. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi o‘ziga yuklangan
vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi boshqa
axborot-kutubxona muassasalaridan sohani takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar,
statistik va boshqa faoliyatga oid ma’lumotlarni so‘rab olish, umumlashtirilgan
holda Hududiy axborot-kutubxona markaziga belgilangan muddatda taqdim etish;
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazining
axborot-kutubxona fondini milliy va xorijiy nashrlar bilan to‘ldirib borish;
zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy qilgan holda foydalanuvchilarni kutubxona fondlariga oid axborotlarni
olishga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay
shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish;
axborot-kutubxona sohasida ilmiy-metodik tadqiqotlar natijalarini
joriy qilish orqali axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shakllari va
uslublarini takomillashtirish, yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy
qilish;
Agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob
savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini
nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi
barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish
va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarining masofadan turib
foydalanishini ta’minlash;
Hududdagi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini
takomillashtirish, hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish
tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan zamonaviy shakl va uslublarni joriy
qilish;
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir
targ‘ibot ishlarini, shu jumladan kitob taqdimoti, kitob ko‘rgazmalari, davra
suhbati,
xotira
kechasi, ijodiy uchrashuv, adabiy-musiqiy kechalar o‘tkazishni tizimli va samarali tashkil etish;
kitobxonlar, kutubxonachi va targ‘ibotchilar o‘rtasida sohaga oid ko‘rik-tanlovlarini
tashkil qilishda ishtirok etish;
Markazning rasmiy veb-sayti orqali hududdagi axborot-kutubxona muassasalari
tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni, sohada amalga
oshirilayotgan yangiliklarni keng yoritib borish;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha xizmatlar
turlarini, shu jumladan, axborot-resurslarini qidirish, materiallarni tarjima qilish,
til, kompyuter va shu kabi o‘quv kurslari, skanerlash, chop etish kabi xizmatlarni
ko‘rsatish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda pullik xizmatlar ro‘yxati va ireyskurantlarini
ishlab chiqish va Hududiy axborot-kutubxona markazi bilan kelishilgan holda
joriy qilish;
imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga ixtisoslashtirilgan
axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish;
belgilangan standartlar asosida axborot-kutubxona resurslarining
elektron katalogini shakllantirish va yuritish;
bosma nashrlarni, hududlarda chop etilgan nashrlarning majburiy
nusxasini,audio va video materiallarni, boshqa axborot resurslarini sotib
olish, obuna bo‘lish, almashtirish va bepul olish yo‘li bilan axborot-kutubxona
fondini komplektlash;
axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlash, joylashtirish,
saqlash va undan foydalanishni o‘rnatilgan tartibda yuritish;
barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining, jumladan o‘lkada
chop etilgan nashrlarning hisobini olib borish;
axborot-kutubxona fondini saqlash, elektron resurslarning axborot xavfsizligi
masalalarini ta’minlash bo‘yicha o‘rnatilgan me’yorlar asosida ishlarni yuritish;
xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlarining
ilg‘or ish tajribalari bilan tanishish, mahalliy va xalqaro miqyosdagi
kutubxona sohasidagi anjumanlarda ishtirok etish;
zamonaviy axborot-texnologiyalar va mahalliy sharoitdan kelib
chiqib, joylarda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar
berish;
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislarini
qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda
tajriba orttirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazining moddiy-texnik
bazasini rivojlantirish, mahalliy sharoitdan kelib chiqib, bino va
inshootlardan unumli foydalanish, aholiga axborot-kutubxona xizmati
ko‘rsatishda shart-sharoitlarni yaxshilash buyicha aniq takliflar berish;
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi me’yoriy-huquqiy
hujjatlarga asosan boshqa sohaviy funksiyalarni amalga oshiradi.
IV. Hududiy axborot-kutubxona markazining huquqlari va javobgarligi
14. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi quyidagi huquqlarga
ega: O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati
to‘g‘risida"gi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq hududida zamonaviy yuqori
samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
axborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini qo‘llagan holda qulay
shart-sharoitlar yaratish, mavjud keng axborot-resurslar bazasidan foydalanib,
aholiga axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi
axborot-kutubxona muassasalaridan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar,
statistik va boshqa ma’lumot, materiallarni so‘rab olish;
hududdagi Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazlarining yillik ish rejalarini
tasdiqlash va ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlarini olish;
hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish darajasini
oshirish, doimiy takomillashtirishni hisobga olgan holda takliflar va
tavsiyalar ishlab chiqish;
axborot-kutubxona fondini tizimli to‘ldirib borish, jumladan,
fondinidepozitar fondlar, sotib olish, homiylik va aholi tomonidan beg‘araz
sovg‘a sifatida taqdim etiladigan kitoblar hisobiga boyitib borish;
agentlikning hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob
savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarida ishtirok etish,
ma’naviy ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
axborot-kutubxona fondining elektron nashrlar bazasini
yaratish,foydalanuvchilarga interaktiv axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish;
axborot resurslarini qidirish, maslahat berish, materiallarni
tarjima qilish, skanerlash, chop etish kabi qo‘shimcha xizmat turlari, shu
jumladan pullik xizmatlarni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan preyskurant
orqali joriy qilish;
axborot-kutubxona fondlarini va boshqa axborot-resurslarini
saqlash, ulardan foydalanish yo‘riqnomalariga asosan faoliyat olib borish, foydalanuvchilar
tomonidan axborot-kutubxona markaziga va unda saqlanayotgan axborot-kutubxona
resurslariga yetkazilgan zararni qonun hujjatlariga va ichki tartib-qoidalarga
muvofiq qoplash turlarini va miqdorini belgilash;
Hududiy axborot-kutubxona markazi kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
15. Markaz quyidagilar uchun javobgar:
Hudud aholisiga axborot-kutubxona fondlaridan foydalanishlari uchun
joriy qilingan yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali axborotlarni
olish, axborot-resurslar bazasidan foydalanishlari uchun qulayshart-sharoitlar
yaratish;
barcha turdagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona faoliyati
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
foydalanuvchilar ehtiyojlariga muvofiq axborotlarni olish uchun
sharoitlar yaratish;
Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazlari hududdagi
axborot-kutubxona muassasalarida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar,
statistik va boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda belgilangan muddatlarda
Hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etadi;
Bag’dod tuman axborot-kutubxona axborot-kutubxona fondini
doimiy to‘ldirib boradi;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha xizmatlar
turlari,shu jumladan pullik xizmatlar to‘grisida to‘liq ma’lumot berish;
pullik xizmatlar ro‘yxati va tasdiqlangan preyskurant asosida
o‘rnatilgan tartibda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish;
foydalanuvchilar so‘roviga asosan mavjud axborot-kutubxona fondlari
bo‘yichama’lumot berish;
intellektual mulk sohasida qonunchilikka rioya qilish;
Markazning moddiy-boyliklarini asrab-avaylash, bino va
inshootlardan maqsadli foydalanish.
16. Bag’dod tuman axborot-kutubxona o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasining "Axborot- kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun
va ushbu Nizom asosida yuritadi.
17. Bag’dod tuman axborot-kutubxona Nizomi Hududiy
axborot-kutubxona markazi tomonidan, shtatlar jadvali hududiy moliya bo‘linmasi
bilan kelishgan holda hududiy axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan
tasdiqlanadi.
18. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi faoliyatiga
mahalliy hokimlik va Agentlikning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan hududiy
axborot-kutubxona rahbari tomonidan tavsiya etilgan, belgilangan tartibda
Agentlik bilan kelishgan holda Milliy kutubxona direktori tomonidan
tayinlanadigan va vazifasidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
19. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi direktori umumiy
rahbarlikni olib boradi hamda hududiy axborot-kutubxona markazi direktoriga va Agentlikning
hududiy boshqarmasi boshlig‘iga hisobot beradi.
VI. Markazning
mol-mulki va mablag‘lari
20. Markazning moliyaviy mablag‘lari:
byudjet mablag‘lari;
pullik xizmatlar ko‘rsatish orqali olinadigan byudjetdan tashqari mablaglar;
Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
21. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazi balansidagi
bino va inshootlar, axborot-kutubxona fondi va boshqa mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi.
22. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markaziga biriktirilgan,
boshqarish huquqi berilgan mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish,
saqlash, hisobdan chiqarish masalalarini nazorat qilish qonunchilik doirasida
amalga oshiriladi va yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.
VII. Markazni
qayta tashkil etish va tugatish
23. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil
etish va tugatish (qo‘shish, bo‘lish, o‘zgartirish, muvofiqlashtirish,
optimallashtirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil
etishda barcha hujjatlar (moliya-xo‘jalik, shaxsiy tarkibga oid va boshqa
hujjatlar)qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
25. Bag’dod tuman axborot-kutubxona markazini tugatishda uning
arxiv hujjatlari hududdagi davlat arxivi idorasiga qonunchilikda
belgilangantartibda topshiriladi.
Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!